Texnik jihatdan tartibga solish agentligida Oʻzbekiston mustaqilligining 30 yilligi oldidan “Yangi Oʻzbekiston - yangi Renessans sari” mavzusida onlayn tarzda maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston Milliy Universiteti dotsenti, falsafa doktori J.Yusubov ishtirok etib mavzu yuzasidan maʼruza qildi. Shuningdek tadbir davomida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh tashabbus va unda oldimizga qoʻyilgan vazifalar ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan ishlarning natijasi, Renesans davrlarining mazmun- mohiyati, Oʻzbekistonning soʻnggi 5 yil mobaynida erishgan yutuqlari haqida soʻz yuritildi.
Maʼrifiy uchrashuvda agentlik boshqarma boshliqlari va tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etib, mavzu boʻyicha maʼruzachiga oʻzlarining qiziqtirgan savollarini berdilar.