Tashqi ishlar vazirligi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasining Latviya davlatidagi elchixonasi hamkorligida mahalliy fermer xujaliklari va ishlab chikaruvchilarni koʻllab-quvvatlash maksadida, GLOBAL G.A.P tashkilotining Oʻrta Osiyo, Latviya va Rossiya mintaqasi koordinatori Edita Strazdina ishtirokida onlayn uchrashuv tashkil etildi.
Maʼlumot uchun: “Global G.A.P” - butun dunyo boʻylab qishlok xoʻjaligi mahsulotlarini ixtiyoriy sertifikatlash talablarini belgilaydigan mustaqil tashkilot. U qishloq xoʻjaligi amaliyotida qoʻllash uchun eng yaxshi standartlarni ishlab chiqadi. Sertifikatlash tartibi ozuqa yoki urugʻlik yetishtirish jarayonidan boshlab, qishloq xoʻjaligi korxonalarida tayyor mahsulot ishlab chiqarishning barcha bosqichlarini qamrab oladi.
Uchrashuvda E.Strazdina soʻngi yillarda Oʻzbekistonda organik
va “Global G.A.P” standartlari talablariga javob beradigan mahsulotlar ishlab chiqarishda sezilarli yutuqlarga erishayotgani, kishlok xoʻjaligi mahsulotlari xavfsizligi va sifatini oshirishga alohida eʼtibor qaratayotganini taʼkidlab, Hukumatining eksport geografiyasini kengaytirish, organik ishlab chiqarish salohiyatidan toʻlik foydalanish sohasidagi qarorlarini ijobiy baholadi.
Xalqaro ekspert E.Strazdina joriy yil 17-27-avgust kunlari Oʻzbekistonda boʻlib, mahalliy fermer xoʻjaliklari va ishlab chikaruvchilar uchun bir qator treninglar oʻtkazishini maʼlum qildi.
Xalqaro hamkorlik boshqarmasi