Agentlikning Jizzax viloyati hududiy filial masʼullari tomonidan barcha sanoat korxonalari bilan tizimli hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Maʼlumki viloyatdagi “Jizzax Kenteks” korxonasida hozirgi kunda ip-kalava mahsuloti ishlab chiqarilib, Rossiya, Xitoy davlatlariga eksport qilinmoqda.

Masʼullar mazkur ishlab chiqarish korxonasida boʻlib, ularga mahsulot sifatin oshirish, xalqaro talablar va sifat tizimlarini joriy etishning afzalliklari yuzasidan maʼlumot berdilar.