Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligiga bagʻishlab “Qadring baland boʻlsin, ona tilim” Respublika tanlovining “Davlat tilida ish yuritish yoʻlga qoʻyilgan eng yaxshi tizim” yoʻnalishida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha ishchi guruh aʼzolari Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va uning tizim-tashkilotlaridagi ishlari bilan tanishdilar.
Komissiya aʼzolari Oʻzbekiston Milliy metrologiya institutida boʻlib, yangi tashkil etilgan idoraviy kutubxona, maʼnaviyat xonasini koʻrdilar. Institut laboratoriyalaridag zamonaviy uskunalar haqidagi maʼlumotlar aynan davlat tilida yuritilayotganiga guvoh boʻldilar. Shuningdek, ishchi guruh Agentlikda tashkil etilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning samaradorligini ham ijobiy baholadilar.