Yangi Oʻzbekistonda olib borilayotgan islohotlar natijasida radioelektron, elektrotexnika sanoati mamlakatimizning muhim tarmoqlardan biriga aylandi.

Elektrotexnika sohasida ishlab chiqarishni rivojlantirishga qaratilayotgan eʼtibor natijasida zamonaviy maishiy texnika, jumladan, televizor, kir yuvish mashinalari, elektr pech va plitalar, svetodiod lampalar va turli xil yoritqichlar, shuningdek, konditsioner, sovutkich va gaz plitalarining yangi modellari ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyildi.

Elektrotexnika mahsulotlarini Xalqaro Elektrotexnika Komissiyasi (IEC) standartlariga muvofiq ishlab chiqarish, mahsulotlar sifatini yaxshilash, raqobatbardoshligini oshirish va ularni eksportga yetkazib berishni koʻpaytirishda xizmat qiladi.

Xalqaro Elektrotexnika Komissiyasi (IEC) ekspertlari bilan boʻlib oʻtgan navbatdagi uchrashuvda Xalqaro Elektrotexnika Komissiyasi (IEC) talablariga muvofiq standartlarini qabul qilish, korxonalarga tarqatish, IEC texnik qoʻmitalari faoliyat koʻrsatish, ushbu tashkilotga aʼzo boʻlish va aʼzo davlatlar tomonidan amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan masalalar koʻrib chiqildi.

IEC Tadbir ishtirokchilari oʻzlarini qiziktirgan barcha savollarga IEC ekspertlari tomonidan batafsil javob olishdi.

 


Xalqaro munosabatlar boshqarmasi