Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Agrobiznesni rivojlantirish loyihasi asosida yurtimizda yetishtirayotgan qovun mahsulotlarini yetishtirish va sotishni rivojlantirish boʻyicha hududlararo almashinuv faoliyatiga bagʻishlangan amaliy seminar tashkil etildi.

Seminar qovunzorlar dalasida tashkil etilib, Red Pack MCHJda qovunlar bilan hosildan keyingi jarayonlar monitoringi: yigʻish, saralash, qadoqlash, yuklash, sovutish, muzlatgichda saqlash, tashish, yorliq yopishtirish oʻrganildi.

Ishtirokchilar va mutaxassislar oʻrtasida qovunni yetishtirish va sotishni rivojlantirishning texnik va tijoriy jihatlarining muhokamasi boʻlib oʻtdi. Olingan saboqlar va imkoniyatlar boʻyicha xorijiy ekspertlarning fikr-mulohazalari tinglandi hamda mahalliy mutaxassislar tomonidan muhokama qilinib, xalqaro standartlarni joriy qilish boʻyicha kerakli tushunchalar berildi.

Menejment tizimlarini joriy etishni muvofiqlashtirish boshqarmasi

 

 

​