Markaz masʼullari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotiga tayyorgarlik koʻrish yuzasidan tadbirkorlar va investorlarning murojaatlarini qabul qilish va tahlil etish boʻyicha shtabda faoliyat olib bormoqdalar.

Shtabda “Ruxsatnoma va litsenziyalar berish, sertifikatlashtirish” masalalari yuzasidan ishlar olib borilmoqda. Jumladan, kelib tushgan murojaatlarni tahlil qilish, ularni hal etish boʻyicha hamkor vazirliklar va idoralar bilan ishlar olib borilmoqda.

Mahsulotlarni sertifikatlashtirish boʻyicha tizimli va individual muammolar boʻyicha murojaatchilar bilan oʻzaro bogʻlanib, tushuntirishlar berilib, har bir muammoga alohida yondashilmoqda.