Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tarmoqlar bilan hamkorlikda joriy yilning oʻtgan davrida 437 ta korxonalarda sifat menejment tizimlari joriy etildi.

Jumladan: 172 ta korxonada sifat menejment tizimlari, 34 ta korxona ekologik menejment tizimlari, 16 ta korxonada oziq-ovqat xavfsizligi menejment tizimlari, 17 ta korxonada esa energetik menejment tizimlari, va 32 ta korxonada kasb-hunar sogʻliqni saqlash va xavfsizlik hamda boshqa 166 ta menejment tizimlari boʻyicha sertifikatlashtirildi.

Sifat menejment tizimlari boʻyicha sertifikatlashtirish 12 ta akkreditlangan idoralari tomonidan amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga 2021-yilda 15 ta fermer xoʻjaliklarida 2,7 ming gektar maydonda xalqaro “Global G.A.P.” hamda “Organic” standartlari joriy qilinib, sertifikatlashtirilgan yer maydonlari 6,7 ming gektarga yetkazildi.

Shuningdek, yengil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi 36 ta korxonada “Oeko-tex” xalqaro standart talablari asosida mahsulot ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.