Hozirda texnik jihatdan tartibga solish tizimini tubdan takomillashtirish, standartlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishning mexanizmini xalqaro tajribalarga uygʻunlashtirish orqali yangicha ishlash uslubiga oʻtish jarayoni amalga oshirilmoqda.
Bunda, standartlarni ishlab chiqish, xalqaro va xorijiy davlatlarning milliy standartlarini qabul qilishda tarmoqlarda tashkil etilgan standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalar muhim ahamiyatga ega.
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi Standartlar instituti standartlashtirish boʻyicha tarmoq texnik qoʻmitalarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.
Shunga koʻra, endilikda vazirlik va idoralar qoshidagi standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalar faoliyati 10 mezon boʻyicha baholanib, har chorak yakuni bilan reytingi eʼlon qilib boriladi.