Har bir sohani yetuk kadrlar bilan taʼminlashda amaliyot va tajriba muhim ahamiyat kasb etadi, shu maqsadda Texnik jihatdan tartibga solish agentligida bu masalaga alohida etibor qaratilgan.
Joriy yilning 30-iyul kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, UNDP Uzbekistan, Hilfswerk International, Oʻzbekiston Respublikasi Qishlok hoʻjaligi vazirligi va Texnik jihatdan tartibga solish agentligi xamkorligida
Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida joylashgan “Red Pack” korxonasida Markaziy Osiyo va maxalliy mutaxassislar uchun sifat standartlarini ishlab chiqarishga yoʻnaltirish boʻyicha navbatdagi amaliyot tashkil etildi.
Amaliyot raxbari Turkiyalik xalqaro ekspert Emre Kirichioglu BMTning Yevropa Ittifoqi boʻyicha Iqtisodiy komissiyasi (UNECE) Oʻzbekiston tomonidan taqdim etilgan quritilgan qovun standartini qabul qilganligini alohida eʼtirof etib, mazkur standart eksportchilarimizga quritilgan qovunni butun jaxonga eksport qilishiga imkoniyat berishini taʼkidladi.
Shu bilan birga mutaxassislar sifat standartlari va muvofiqlikni baxolash soxasida faqat nazariy bilimlar bilan cheklanib qolmasligi, ayniqsa bu sohada amaliy bilim va koʻnikmalarga ega boʻlish har bir mutaxassis uchun oʻta muhim bosqich hisoblanashini qayd etildi
Amaliyotda mazkur soxadagi xalqaro tajriba boʻyicha fikr almashildi, ishtirokchilar tomonidan bildirilgan mavjud muammo va takliflar oʻrganildi va Xalqaro ekspert Emre Kirichioglu tomonidan savollarga batafsil javob berildi. Amaliyot yakuni boʻyicha har bir mutaxassis nazariy bilimlarni amaliy koʻnikmalar bilan mustahkamlashda masʼuliyat bilan yondashishiga umid bildirildi.
Oʻzbekiston Texnik jixatdan tartibga solish agentligi
Xalqaro xamkorlik boshqarmasi