Jahon tajribasidan maʼlumki, har bir sohani yetuk kadrlar bilan taʼminlashda amaliyot va tajriba almashish muhim ahamiyatga ega.
Shu maqsadda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, UNDP Uzbekistan, Hilfswerk International, Qishlok hoʻjaligi vazirligi va Texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamkorligida Toshkent viloyatining Oqqoʻrgʻon tumanidagi “Jahon Exim Group” korxonasida Markaziy Osiyo va mahalliy mutaxassislar uchun sifat standartlarini ishlab chiqarishga yoʻnaltirish boʻyicha amaliyot tashkil etildi.

Amaliyot rahbari Turkiyalik xalqaro ekspert Emre Kirichiogluning taʼkidlashicha, mutaxassislar standart va muvofiqlikni baholash sohasida faqat nazariy bilimlar bilan cheklanib qolmasligi kerak, ayniqsa bu sohada amaliy bilim va koʻnikmalarga ega boʻlish muhim bosqich hisoblanadi.
Amaliyotda mazkur sohadagi xalqaro tajriba boʻyicha fikr almashilib, ishtirokchilar tomonidan bildirilgan mavjud muammo va takliflar oʻrganildi va Xalqaro ekspert Emre Kirichioglu tomonidan savollarga batafsil javob berildi. Amaliyot yakuni boʻyicha har bir mutaxassis nazariy bilimlarni amaliy koʻnikmalar bilan mustahkamlashda masʼuliyat bilan yondashishiga umid bildirildi.

 

 

Xalqaro hamkorlik boshqarmasi