Agentlik huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyati mutaxassislari hamda “UzTest” markazi va Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti viloyat filiali xodimlari ishtirokida “Oʻzbek tilida ish yuritish sohasidagi islohatlar” mavzusida seminar oʻtkazildi. Uchrashuvda Termiz Davlat Universiteti oʻzbek filologiyasi fakulteti katta oʻqituvchisi, maʼnaviyat targʻibotchisi Mansur Hamidov mavzu yuzasidan maʼruza qildi.
Shuningdek uchrashuvda hududiy boʻlinmalarda davlat tilida ish yuritish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning samaradorligini oshirish muhim ekanligi taʼkidlab oʻtildi.