Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tashabbusi bilan Afgʻoniston milliy standartlar agentligi (ANSA) bilan onlayn uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston va Afgʻoniston munosabatlarining texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, savdo-sotiqdagi texnik toʻsiqlarni bartaraf etishda muvofiqlikni baholash natijalarini oʻzaro tan olish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Soha yoʻnalishdagi halqaro tashkilotlar doirasidagi oʻzaro aloqalarni yana-da chuqurlashtirish masalalariga eʼtibor qaratildi.

Muzokaralar chogʻida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham koʻrib chiqildi.

 
Xalqaro munosabatlar boshqarmasi