Bugun, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, UNDP Uzbekistan, Hilfswerk International, Qishlok hoʻjaligi vazirligi va Texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamkorligida “Sifat menejmenti tizimlari va sifat standartlari asosida yangi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksportdan oldin inspeksiya xizmatlarini rivojlantirish" mavzusida 3 kunlik mintakaviy treyning-seminar boshlandi.

Markaziy Osiyo ekspertlari, 40dan ortiq davlat va xususiy sektorda faoliyat koʻrsatayotgan mutaxasislar ishtirok etayotgan mintakaviy oʻquv seminarda Turkiyalik xalqaro ekspert Emre Kirichioglu tomonidan sifat menejmenti tizimlari va sifat standartlari asosida yangi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksportdan oldin inspeksiya xizmatlarini rivojlantirishning ahamiyati xususida bilim va koʻnikmalari berdi.

Mazkur sohadagi xalqaro tajriba boʻyicha fikr almashiladi.
Oʻquv seminari davomida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan mavjud muammo va takliflar oʻrganiladi. Xalqaro ekspert Emre Kirichioglu tomonidan savollarga batafsil javob beriladi.

 

Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi
Xalqaro xamkorlik boshqarmasi