Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nozarati markazi, Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Samarqand filiallari masʼullari Urgut tumanidagi erkin iqtisodiy hududi rahbariyati hamkorligida Prezidentimizning joriy 2-iyundagi PF-6240-sonli farmoni, PQ-5133-sonli qarori va Vazirlar Maxkamasining 2021-yil 30-yanvardagi 43-sonli qarori mazmun-mohiyatini yoritishga bagʻishlangan seminar tashkil etildi.
Uchrashuvda ishtirok etgan Samarqand viloyati Bojxona boshqarmasi “Samarqand TIF” bojxona posti masʼullariga farmon va qarorlarning mazmun-mohiyati, yaratilgan yengilliklar hamda belgilangan vazifalar boʻyicha tushunchalar berildi.
Seminar soʻnggida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.