O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 apreldagi 86-sonli "Respublikada sotiladigan maishiy elektr priborlarini, yangidan quriladigan binolar va inshootlarni energetika jihatidan majburiy markirovkalash va sertifikatlash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida" qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida O’zDSt 3017:2015 "Maishiy va boshqa energiya sarflaydigan qurilmalarning energetik samaradorligi va ularni tamg‘alash" O'zbekiston Respublikasining davlat standarti qabul qilindi. Standart 2016 yil 1 yanvardan boshlab kuchga kiritiladi.

Mazkur standartni xarid qilish bo‘yicha "O‘zstandart" agentligining "Axborot-ma’lumot markazi" DK (Toshkent shahri, Farobiy ko‘chasi 333 A, Telefon: (0-371) 249-18-66, Faks: (0-371) 249-18-66, E-mail: infocenter@standart.uz), respublikamizning boshqa hududlaridan esa, hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalariga murojaat qilishingiz mumkin.