Oʻzbekiston Texnik jixatdan tartibga solish agentligi va Yevropa Standartlashtirish Qoʻmitasi (CEN) oʻrtasida litsenziya kelishuvi imzolandi.
Joriy yilning 19-iyul kuni xamkorlik doirasida, Yevropa Standartlashtirish Qoʻmitasi (CEN)dan 119ta Yevropa standartlari olindi.
Ushbu Yevropa standartlari mahalliy ishlab chiqaruvchilarga maxsulotlarni yevropa standartlariga muvofiq ishlab chiqarish, sifatini yaxshilash, raqobatbardoshligini oshirish
va ularni eksportga yetkazib berishni koʻpaytirishda xizmat qiladi.
Yevropa standartlari boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot olish uchun Oʻzbekiston Texnik jixatdan tartibga solish agentligi, Xalqaro hamkorlik boshqarmasiga +998 71 202 00 11 (ichki 1027) yoki Agentlik xuzuridagi Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti“ davlat muassasasi (Standartlar instituti)ga +998 71 253 85 67 (ichki 1026)murojaat qilishingiz mumkin.
Oʻzbekiston Texnik jixatdan tartibga solish agentligi
Xalqaro hamkorlik boshqarmasi