Xitoy Avtomobil texnologiyasi va tadqiqot markazi (CATARC) bilan Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda “Oʻzavtosanoat” AJ xodimlari uchun tashkil etilgan “Elektromobillar uchun EV standartlari” mavzusidagi onlayn treyning seminarning yakuniy qismi boʻlib oʻtdi.
Tadbir yakuniga koʻra, treyning seminarda ishtirok etgan bir gurux Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va “Oʻzavtosanoat” AJ mutaxassislari sertifikat bilan taqdirlandi.
Shu bilan bir qatorda elektromobillar va ularning ehtiyot qismlariga oid 51ta Xitoy standartlari olindi.
Ushbu standartlar mahalliy ishlab chiqaruvchilarga xorijiy davlat standartlarini oʻrganish, mahsulotlarni shu standartlarga muvofiq ishlab chiqarish, sifatini yaxshilash, raqobatbardoshligini oshirish va ularni eksportga yetkazib berishni koʻpaytirishda xizmat qiladi.
Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi
Xalqaro xamkorlik boshqarmasi