Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi “UzTest” markazi, Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti hamda Departament Surxondaryo filiali masʼullari tomonidan “Yengil sanoat mahsulotlari xavfsizligi toʻgʻrisida”gi umumiy texnik reglamenti asosida “INDENIM” savdo markazi xodimlariga mahsulotlarning tamgʻalanishi, qadoqlanishi, isteʼmolchilarga yetkazib berish talablari yuzasidan batafsil maʼlumotlar yetkazildi.

 Shuningdek, ushbu eksportyor korxona vakillariga mahsulotlar yorliqlarini davlat tilida ishlab chiqarish boʻyicha alohida taklif va tavsiyalar berildi.