Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi qoshidagi Departament, “UzTest” markazi hamda Oʻzbekiston milliy metrologiya institutining Surxondaryo viloyati mutaxassislari “Surxondonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatining Jarqoʻrgʻon tumanidagi “Alpomish” un tegirmoni masʼullariga profilaktika tadbiri oʻtkazdi.

Davra suhbati davomida mutaxassislar tomonidan Prezidentimizning “Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6240 sonli farmoni hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi faolitiyani tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5133 sonli qarori, unda belgilangan vazifalar, tadbirkorlarga yaratilgan qulayliklar boʻyicha tushuntirishlar berildi