"UzTest" markazi Fargʻona filiali mutaxassislari tomonidan Margʻilon shahrida joylashgan "Margʻilon boʻyoq Teks", "Sharq Aʼlo Teks" korxonalari hamda Fargʻona tumanidagi "BAHODIR LOGʻON TEXTILE" va "FERGANA OSEANA" qoʻshma korxonlarida toʻqimachilik sanoatidagi sohaga tegishli muammolar oʻrganildi.
Shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish, mahsulotlar sifatini va raqobatbardoshligini oshirish, eksportga yoʻnaltirish, sertifikatlashtirish, standartlashtirish hamda sohaga doir boshqa masalalarda korxona vakillariga tushunchalar berib oʻtildi.