Oʻzbekiston texnik jixatdan tartibga solish agentligi rahbariyati Jizzax viloyati sanoat zonasida joylashgan “Jizzax Kenteks” kalava ip ishlab chiqarish hamda “Ming Yuan Silu Industry” bezakli va rangli oynalar ishlab chiqarish korxonalarida boʻldilar.

Uchrashuv jarayonida mutaxassislar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6240-sonli Farmoni va PQ-5133-sonli qarorining joylardagi ijrosi, Hukumat komissiyasining 2021-yil 28-iyundagi 39-bayoni bilan sanoat korxonalariga yaratilgan yengilliklar haqida toʻxtaldilar va mahsulotlarni eksportini oshirish boʻyicha tavsiyalar berdilar.