O’zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi qoshidagi "UzTest" markazi hamda Departamentning Sirdaryo filiali mutaxassislari viloyatdagi korxonalarda "korxonabay" ishlash tizimini yo’lga qo’ygan holda uchrashuvlar tashkil etib kelmoqda.

Navbatdagi uchrashuv Sirdaryo tumanida joylashgan "BAXTTEKS-FARM" eksportyor korxonasida o’tkazildi. Ushbu korxona bugungi kunda tibbiy steril va nosteril o’rov mahsulotlarini Rossiya, Qozogʻiston va Qirg’iziston davlatlariga eksport qilish bilan shugʻullanadi.

Uchrashuvda korxona vakillariga tamg’alash, qadoqlash, sohaga oid boshqa masalalarda batafsil maʼlumotlar yetkazildi.