Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi Departament, “UzTest” markazi hamda Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Buxoro filiallari xodimlari shuningdek mehnat faxriysi Behbud Jumayev hamda Buxoro Muhandislik-tenologiya instituti katta oʻqituvchisi Adiz Azimov ishtirokida “Koʻhna va boqiy Buxoro” monumenti oldida ochik xavoda maʼnaviyat darsi oʻtkazildi.
“Koʻhna va boqiy Buxoro” monumentining markaziy qismida uch avlod - baxtiyor yosh oila: ota-ona va bola, barhayotlik timsolidagi haykallari ifodalangan.
Dunyoda mahobatli inshootlar, monumentlar koʻp, — deydi suhbatdoshimiz B. Jumayev. — Lekin birorta shaharga bagʻishlab qurilgan monument haqida hech eshitganmisiz?! “Koʻhna va boqiy Buxoro” majmuasi misolida sharif shahrimizga haykal qoʻyildi, desam yanglishmagan boʻlaman.