Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan davlat tilida ish yuritilishi taʼminlash, lotin alifbosiga bosqichma bosqich toʻliq oʻtilishi, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan Agentlikning markaziy apparati bilan bir qatorda uning tizim tashkilotlari, hududiy filiallarida ishlarni tizimli ravishda amalga oshirish, monitoring qilish, oʻrganish ishlarini olib borilmoqda.
Huddi shunday maqsadda Agentlikning tizim tashkiloti hisoblangan texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini taʼminlash departamenti Departamentida davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash, lotin alifbosiga oʻtish, maʼnaviy va maʼrifiy ishlar holati oʻrganildi.
Departamentda ish yuritish toʻliq davlat tilida olib boriladi. Lekin boshqa tashkilotlar yoki xususiy sektordan kelayotgan xat va murojaatlar haqida ham alohida fikr almashildi va ularga davlat tilida javob qaytarishga kelishib olindi. Shuningdek, shunday tartibdagi xat va murojaatlar mualliflari bilan davlat tilida rasmiylashtirilishi haqida ham tushuntirish ishlari olib borilishi muhokama qilindi.
Lotin alifbosiga oʻtish ishlarini jadallashtirish boʻyicha tavsiyalar berildi.
Departamentda “Maʼnaviyat va maʼrifat xonasi” va idoraviy kutubxona tashkil etilgan. Kutubxona fondini boyitish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar kelishib olindi.
Oʻrganish jarayonida Departamentning hududiy filiallarida ushbu yoʻnalishda amalga oshiriladigan ishlarni jadallashtirish boʻyicha tavsiyalar berildi.