OAVda xabar berilganidek, mamlakatimizda texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiya sohalarida tarkibiy islohotlarni yana-da chuqurlashtirish, sohani xalqaro andozalarga moslashtirish, standartlardan keng foydalanish muhitini yaratish, muvofiqlikni baholash jarayonlariga zamonaviy uslublarni joriy qilish maqsadida joriy yilning 02-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6240 sonli farmoni va PQ 5133 sonli qarori qabul qilindi.
Ushbu farmon va qaror mazmun moxiyatini keng qamrovli tushintirish maqsadida Germaniyaning fizika-texnika instituti (RTV)ning ekspertlari bilan videokonferensiya boʻlib oʻtdi.
Tadbirda davomida farmon va qaror mazmun mohiyati, yangi tuzilgan Oʻzbekiston Texnik jixatdan tartibga solish agentligiga qoʻyilgan vazifalar, topshiriqlar tushuntirildi, ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollariga javob berildi.
RTV ekspertlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6240-son Farmoni va PQ-5133-son qarori bilan amalga oshirilayotgan isloxotlar xalqaro talablar bilan uygʻunlashtirilganligi eʼtirof etildi.
Shuningdek, “Oʻzbekiston sifat infratuzilmasini isloh qilish va Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun sifatni taʼminlash xizmatlarini rivojlantirishni koʻmaklashish” loyihasi doirasida amalga oshiriladigan tadbirlar muxokoma etildi va kelgusida bajariladigan ishlar belgilab olindi.
Oʻzbekiston Texnik jixatdan tartibga solish agentligi
Xalqaro xamkorlik boshqarmasi
.