Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi Departament, “UzTest” markazi hamda Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Samarqand filiallari tashabbusi bilan viloyat Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi bilan hamkorlikda Prezidentimizning PF-6240-sonli Farmoni hamda PQ-5133-sonli Qarori mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikga yetkazish maqsadida viloyatning shaxar va tumanlarida seminarlar tashkil etilmoqda.
Bunday seminarlar viloyatning Samarqand va Kattaqoʻrgʻon shaxarlari hamda Samarqand, Narpay, Paxtachi va Nurobod tumanlarida tadbirkorlik subyektlari hamda tuman hokimligining masʼullari ishtirokida oʻtkazildi. Semenar ishtirokchilarga farmon va qarorning mazmun-mohiyati, yaratilgan imkoniyatlar va belgilangan vazifalar batafsil tushuntirildi.