Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi masʼullari Agentlik huzuridagi Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, “UzTest” markazi hamda Departamentning Xorazm filiallarida boʻlib, davlat tilida ish yuritilishi, lotin alifbosiga oʻtilishi, shuningdek, maʼnaviy – maʼrifiy yoʻnalishda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishdi.

Taʼkidlash lozim, Milliy metrologiya instituti Xorazm filiali laboratoriyalaridagi har bir asbob uskunaga davlat tilida lotin alifbosida tavsifnomalar yozib qoʻyilgan, ushbu tavsifnomalar yordamida asbob uskunaning nomidan tortib, qayerda ishlab chiqarilgani, yaroqliligi muddati, nimalar boʻyicha metrologiya tekshiruvlar oʻtkazilishini bemalol bilib olish mumkin.

“UzTest” markazi hamda Departamentning filiallari masʼullariga ushbu sohada qilinishi kerak boʻlgan ishlar alohida koʻrsatib oʻtildi, maʼnaviyat va maʼrifat xonasi, kichik idoraviy kutubxonalar tashkil etish boʻyicha tavsiyalar berildi.