Joriy yilning 5-6-iyul kunlari amfori Belgiya biznes uyushmasi, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati GIZ ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamkorligida GIZ/amfori BSCI “Oʻzbek toʻqimachilik sanoatida biznesning ijtimoiy muvofiqligi” oʻquv dasturi boʻyicha seminari oʻtkazildi.

Seminarda toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida xalqaro amfori BSCI ijtimoiy standartiga rioya etish, audit jarayonlarini oʻtkazish, ijtimoiy boshqaruv tizimini yaratish boʻyicha xorijiy ekspertlarning fikr-mulohazalari tinglandi hamda mahalliy mutaxassislar tomonidan muhokama qilindi hamda xalqaro standartni joriy qilish boʻyicha kerakli tushunchalar berildi.

Menejment tizimlarini

joriy etishni

muvofiqlashtirish boshqarmasi