Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Xorazm filialida Texnik jihatdan tartibga solish agentligi masʼullari va Oshiq Erkin taxallusi bilan halqimizga tanilgan shoir Erkin Madrahimov hamda filial mutaxassislari ishtirokida maʼnaviyat-maʼrifat mavzusida ijodiy suhbat boʻlib oʻtdi.

Tadbir davomida filialda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishining dolzarbligi, bunga hukumat darajasida eʼtibor qaratilayotganligi taʼkidlandi.

Koʻtarinki kayfiyatda oʻtgan suhbat davomida shoir E. Madrahimov bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan eʼtibor, olib borilayotgan islohotlar haqida gapirib, vatanga boʻlgan sadoqat va muhabbatni tarannum etuvchi sheʼrlar oʻqib eshittirdi.