Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati boʻlimi tomonidan “UzTest” markazining korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati xizmati bilan hamkorlikda Fargʻona viloyati hamda Qoʻqon shahar prokuraturasining masʼul xodimlari ishtirokida Fargʻona va Qoʻqon shaharlarida joylashgan tizim tashkilotlari xodimlari uchun “Korrupsiya jamiyat kushandasi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy profilaktika tadbirlari tashkil etildi.

Tadbirda korrupsiyaning oldini olish, har bir xodim soha taraqqiyoti uchun korrupsiyadan voz kechish kerakligi shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar hamda korrupsiya huquqbuzarliklari uchun qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.

Tadbirda Agentlik huzuridagi OʻzMMI va Departamentning mazkur shaharlardagi filiallari xodimlari faol ishtirok etdilar.