Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi, Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti hamda Departamentining Qashqadaryo filiallari hamda viloyat bojxona boshqarmasi hamkorligida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida oʻquv seminari boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Qarshi shahar prokurori I.Saidov va viloyat bojxona boshqarmasi boʻlim boshligʻi H.Omonov soʻzga chiqib, korrupsiya va korrupsion omillarni yuzaga keltiruvchi holatlarga yoʻl qoʻymaslik, ushbu illatning oldini olishda har bir xodim oʻz hissasini qoʻshishi zarurligi, soha taraqqiyoti uchun korrupsiyadan voz kechish kerakligi shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar hamda korrupsiya huquqbuzarliklari uchun qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, davra suhbati jarayonida Prezidentimizning “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini taʼminlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni mazmun-mohiyatiga ham toʻxtaldilar.