Joriy yilning 30-iyun kuni xalqaro hamkorlik doirasida, AQSHnning ASTM International tashkilotidan neft-gaz sohasiga oid
41ta standart olindi.

Ushbu standartlar mahalliy ishlab chiqaruvchilarga ASTM International standartlarini oʻrganish, mahsulotlarni shu standartlarga muvofiq ishlab chiqarish, sifatini yaxshilash, raqobatbardoshligini oshirish va ularni eksportga yetkazib berishni koʻpaytirishda xizmat qiladi.

Qoʻshimcha maʼlumot olish uchun, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Xalqaro xamkorlik boshqarmasi yoki Agentlik xuzuridagi Standartlar institutiga murojaat qilinishi mumkin.