Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizim tashkilotlarining Buxoro viloyati hududiy filiallari tomonidan 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan “Yosh kadrlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash – davr talabi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
Uchrashuvda yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar, berilayotgan imkoniyatlar bilan tanishtirildi, kelajakda ulardan kutilayotgan natijalari, ular egallashi kerak boʻlgan yuksak marralar toʻgʻrisida soʻz yuritildi.