Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati boʻlimi “OʻzTest” markazining korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati xizmati bilan hamkorlikda Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi va Namangan viloyati Adliya boshqarmasi masʼullari ishtirokida Andijon va Namangan viloyatlarida joylashgan tizim tashkilotlari xodimlari uchun “Korrupsiyaga qarshi kurash - davr talabi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy profilaktika tadbirlari tashkil etildi.
Tadbirda korrupsiya va korrupsion omillarni yuzaga keltiruvchi holatlarga yoʻl qoʻymaslik, ushbu illatning oldini olishda har bir xodim oʻz hissasini qoʻshishi zarurligi, soha taraqqiyoti uchun korrupsiyadan voz kechish kerakligi shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar hamda korrupsiya huquqbuzarliklari uchun qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.
Tadbirda Agentlik huzuridagi UzMMI, “OʻzTest” markazi va Departamentning mazkur viloyatlardagi filiallari xodimlari faol ishtirok etdilar.