Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Standartlashtirish va davlat nazoratini muvofiqlashtirish boshqarmasi, Agentligi huzuridagi Departament va Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti hamda “UzTest” markazi Navoiy filiallari mutaxassislari “Korxonabay” ishlash tizimi orqali Navoiy viloyati hududida joylashgan “Hayat Power Cable Systems”, “Gidro Stanko Servis” hamda “Navoi Cable Connector” korxonalarida boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentimizning PF-6240 sonli Farmoni hamda PQ-5133 sonli Qarorini keng targʻib qilish maqsadida ushbu farmon va qarorlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish ishlarini olib bordilar.
Shu bilan birga, korxonalarga Xalqaro Elektrotexnika Komissiyasi (IEC) standartlarini olish hamda ulardan foydalanish toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.