Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tashabbusi bilan ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida “Angren shakar” korxonasiga press-tur tashkil etildi. Press-turda “Angren shakar” korxonasi ishlab chiqarish faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
“Angren shakar” korxonasida ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini taʼminlash maqsadida xalqaro ISO 9001 sifat menejment tizimlari korxonada joriy qilingan. Bu esa oʻz navbatida korxonada ishlab chiqarish jarayonlari tizimli yoʻlga qoʻyilganligini bildiradi.
“Angren shakar” korxonasiga SGS xalqaro tashkiloti tomonidan ishlab chiqarish jarayonida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash maqsadida xalqaro darajada tan olingan zamonaviy FSSC 22000 standarti asosida sertifikatlar topshirildi.