Mamlakatimizda soʻngi yillarda elektrotexnika sohasida ishlab chiqarishni rivojlantirishga qaratilayotgan eʼtibor natijasida zamonaviy maishiy texnika, jumladan, televizor, kir yuvish mashinalari, elektr pech va plitalar, svetodiod lampalar va turli xil yoritqichlar, shuningdek, konditsioner, sovutkich va gaz plitalarining yangi modellari ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyildi.
Kabel, elektrotexnika, maishiy texnika kabi ishlab chiqarilayotgan raqobatbardosh mahsulotlar Markaziy Osiyo, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi va boshqa xorijiy mamlakatlarga eksport qilinmoqda.
Albatta elektrotexnika maxsulotlarini Xalqaro Elektrotexnika Komissiyasi (IEC) standartlariga muvofiq ishlab chiqarish, maxsulotlar sifatini yaxshilash, raqobatbardoshligini oshirish va ularni eksportga yetkazib berishni koʻpaytirishda xizmat qiladi.
Xalqaro Elektrotexnika Komissiyasi (IEC) ekspertlari bilan boʻlib oʻtkan uchrashuvda Xalqaro Elektrotexnika Komissiyasi (IEC) talablariga muvofiq standartlarini qabul qilish, korxonalarga tarqatish, IEC texnik qoʻmitalari faoliyat koʻrsatish, ushbu tashkilotga aʼzo boʻlish masalasi koʻrib chiqildi.
IEC Tadbir ishtirokchilari oʻzlarini qiziktirgan barcha savollarga
IEC ekspertlari tomonidan batafsil javob olishdi.
Tadbir yakuniga koʻra ,IEC standartlarini qabul qilish, korxonalarga tarqatish, texnik qoʻmitalari faoliyat koʻrsatish boʻyicha IEC ekspertlaridan doimiy maslaxat olishga kelishib olindi.
Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi
Xalqaro munosabatlar boshqarmasi