Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi, Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Samarqand filiallari hamda viloyat bojxona boshqarmasi hamkorligida “Samarqand” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida mahalliy mahsulotlarni eskport qiluvchi va import mahsulotlarni olib keluvchi tadbirkorlik subyektlari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Tadbirda ishtirokchilarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 02-iyundagi PF-6240 sonli Farmoni va PQ-5133 sonli Qarorining mazmun-mohiyatini, yaratilgan yengilliklar va belgilangan vazifalar batafsil tushuntirildi.