Oʻzbekiston standartlar instituti hamda Oʻzbekiston milliy matbuot markazi hamkorligida “Texnik jihatdan tartibga solish sohasini xalqaro andozalarga moslashtirish, standartlardan keng foydalanish muhitini yaratish yoʻlida” mavzusida ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida matbuot anjumani boʻlib oʻtmoqda.

Oʻz ishini boshlagan mazkur tadbir maqsadi jamoatchilikka Respublikamiz Prezidentining texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiya sohalarida tarkibiy islohotlarni yana-da chuqurlashtirish, sohada zamonaviy uslublarni joriy qilishga oid imzolagan Farmon va Qarorlarining mazmun mohiyati hamda soha oldida yangi davrni boshlagani toʻgʻrisida.

Jumladan, Farmonga asosan, 2021-yil 1-avgustga qadar standartlashtirish sohasidagi normativ hujjatlarni xalqaro standartlar bilan yangilashni toʻliq yakunlash vazifasi yuklatilgan.

Shu bilan birga, 2021-yil 1-noyabrga qadar inson omilini kamaytirish maqsadida, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va uning tizimidagi tashkilotlar tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali toʻliq avtomatlashtirish choralarini koʻrish aytib oʻtilgan.