Joriy yilning 28-iyun kuni Toshkent shahrida Savdo-iktisodiy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi oʻrtasida hukumatlararo qoʻshma komissiyaning 6-yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash, akkreditatsiya
va metrologiya sohalarida hamkorlik toʻgʻrisida bitim imzolandi.
Imzolangan xujjat ikki davlat oʻrtasida texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarini rivojlantirish uchun xizmat qiladi.
Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi
Xalqaro munosabatlar boshqarmasi