Agentlik va uning Buxoro viloyati hududiy filiallari masʼullari Romitan, Peshku va Shofirkon tumanlari Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmalari tuman boʻlimlari boshliqlari va mutaxassislari bilan uchrashib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 02-iyundagi PF-6240 sonli Farmoni hamda PQ-5133 sonli Qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan davra suhbatlari oʻtkazildi.
Uchrashuvlarda Farmon va Qaror talablarini shahar va tumanlardagi tadbirkorlik subyektlariga yetkazish, ularning soha boʻyicha qiziqtirayotgan savollariga javob berish va zarur meʼyoriy hujjatlar bilan taʼminlanishida har tomonlama koʻmak berilishi maʼlum qilinib, pandemiya oqibatlaridan himoyalanish maqsadida tumanlarda tadbirkorlik subyektlari bilan “ZUM” aloqa vositasi orqali uchrashuvlar oʻtkazish masalalari kelishildi.
Uchrashuvlar viloyatning barcha shaxar va tumanlarida ham oʻtkazilishi rejalashtirilgan.