Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti va “UzTest” markazi Bekobod filiali maʼsullari Chinoz tumani hokimiyati invistitsiya va tashqi savdo boʻlimi, Bojxona qoʻmitasi va Oʻzbekiston savdo sanoat palatasi bilan hamkorlikda ishlab chiqaruvchi va eksportyor korxona masʼullari bilan uchrashdilar.

Uchrashuvda ishlab chiqaruvchi va eksportyor korxonalarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6240-sonli Farmoni, PQ-5133-sonli Qarori Vazirlar Mahkamasining VM-175-sonli va VM-826-sonli qarorining mazmun mohiyati tanishtirildi. Maxsulotlarni eksport qilishda importyor davlatning talablarini oʻrganishda, murojaatlariga oʻz vaqtida sifatli amaliy yordam berish, ularni milliy va xalqaro standartlar bilan taʼminlash, setrtifikatlashtirish, mahsulotlarni sinovdan hamda ularga tegishli boʻlgan oʻlchash vositalarini oʻz vaqtida metrologik tekshiruvlarni oʻtkazishda zarur imtiyozlar asosida ishni tashkil etish va bu yoʻnalishda yangicha yondashuvlar tashkil etilganligi haqida maʼlumotlar berildi.