Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, “OʻzTest” markazi Chirchiq filiali maʼsullari Toshkent viloyati Parkent tumani hokimligida Investitsiyalar va tashqi savdo masalalalari boʻyicha boʻlimi boshligʻi Umid Qutbiddinov bilan Davlatimiz rahbari tomonidan 2021-yil 02-iyunda qabul qilingan “Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6240 sonli Farmoni hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi faolitiyani tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5133 sonli qarori ijrosi yuzasidan qilinishi lozim boʻlgan rejalari yuzasidan gaplashib olindi.

Uchrashuvda sohaga oid yangiliklar, investitsiya loyihalarining bajarilishida amaliy hamkorlik, farmon va qarorlarning asosiy maqsadi, unda belgilangan vazifalar, yaratilgan qulayliklar boʻyicha hamkorlikda ishlashga kelishib olindi .