Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va tizim-tashkilotlari yoshlari oʻrtasida mustaqilligimizning oʻttiz yilligi munosabati bilan “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida “Yilning eng faol yosh xodimi” koʻrik tanlovining Respublika bosqichi oʻtkazildi.
Mazkur tanlov dastlab viloyatlardagi hududiy filiallar oʻrtasida tashkil etilib, unda oʻnlab izlanuvchan, iqtidorli va oʻz kasbini sevadigan mutaxassislar ishtirok etdilar.
Agentlikda mazkur tanlovning Respublika bosqichi oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti va Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi yoshlari turli shartlar boʻyicha bellashdilar.
Qizgʻin munozaralar ruhida oʻtgan koʻrik-tanlovda Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti xodimi Vahobjon Nishonov birinchi oʻringa, Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi xodimi Mavlonjon Mansurov esa ikkinchi oʻringa loyiq deb topildi.
Albatta bunday tanlovlarning oʻtkazilishi yoshlarni oʻz ustlarida ishlashga, izlanishga va yangicha gʻoyalar asosida mehnat qilishga undashi bilan ahamiyatlidir.