“UzTest” markazi, Departament va “OʻzMMI” ning hududiy filiallari masʼullari yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari bilan uchrashdilar. Unda viloyatda faoliyat yuritayotgan tikuvchilik va mebelsozlik korxonalari, mahsulot xomashiyo birjasi hududiy filiali maʼsullari ishtirok etdilar. Yigʻilishda tadbirkorlarga PF-6240-sonli Prezident Farmoni va PQ-5133-sonli Prezident Qarorining mohiyati tushuntirildi.
Tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotlari batafsil yoritildi. Shu bilan birga, “Yengil sanoat mahsulotlari xavfsizligi” toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament, “Harbiy xizmatchilar uchun ustki kiyim xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Maxsus texnik reglamenti, mebelsozlik mahsulotlari borasidagi amaldagi standartlar talablari toʻgʻrisida korxona vakillari uchun tushunchalar berildi.
Bunda Vazirlar Mahkamasining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi tasdiqlanishi majburiy boʻlgan mahsulotlarning turlari, mahsulot ishlab chiqarishda normativ hujjatlarning xavfsizlik koʻrsatkichlari, qadoqlash va markirovkalash borasida konsultatsiyalar berildi.