Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan va Xalqaro savdo markazi (ITC) tomonidan amalga oshirilayotgan “Markaziy Osiyo savdoga tayyor” loyihasi doirasida joriy yilning 23-24-iyun kunlari onlayn shaklda mintaqaviy uchrashuvi boʻlib oʻtdi..
Uchrashuvda tashqi iqtisodiy faoliyatni yana-da liberallashtirish, eksport qilinadigan yangi meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalarning hajmini koʻpaytirish va turlarini kengaytirish uchun qulay shart-sharoit yaratish, mahalliy meva-sabzavot mahsulotlarining jahon bozorlarida raqobatbardoshligini oshirish va ularni Yevropa Ittifoqiga eksport qilish masalari muxokama qilindi.
Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish shuningdek muvofiqlikni baxolash natijalarini tan olishda uchraydigan texnik toʻsiqlar, mamlakatlarning import talablari masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. Tadbirda yuqoridagi masalalar boʻyicha xorijiy va mintaqaviy ekspertlarning fikr-mulohazalari tinglandi.
Oʻtkazilgan tadbirda Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi mutaxassislari xam ishtirok etdi.
Oʻzbekiston Texnik jixatdan tartibga solish agentligi
Xalqaro xamkorlik boshqarmasi