Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Departament va “UzTest” markazi Samarqand filiallari mutaxassislari hududda joylashgan “SAMERTEKS-GILAM“, ”KAPLANSER SAM“, ”URGAZ CARPET“, ”KAMALAK TEKSTIL“, ”NUR-SAM-QUR” korxonalarida boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 02-iyundagi PF-6240 sonli Farmoni hamda PQ-5133 sonli Qarorining mazmun-mohiyatini keng targʻib qilish yuzasidan davra suhbatlari tashkil etildi.

Korxona masʼullariga mazkur Farmon va Qarorlarda tadbirkorlarga yaratilgan qulayliklar, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan, import qilinayotgan mahsulotlarni sifatini jahon talablari darajasiga olib chiqish, ichki bozorga sifatli va xavfsiz mahsulotlarning kirib kelishini taʼminlash, sifat milliy infratuzilmasini rivojlantirish, tarmoqlar va sanoat korxonalarida mutaxassislarning malakasini oshirish maqsadida belgilangan vazifalar boʻyicha koʻrsatmalar berildi.