Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Buxoro viloyati hududiy boʻlinmalari masʼullari Buxoro, Vobkent va Gʻijduvon tumanlari Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmalari tuman boʻlimlari boshliqlari va mutaxassislari bilan uchrashib, Prezidentimizning texnik jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirishga oid Farmon va Qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash hamda sanoat korxonalariga har tomonlama yordam koʻrsatishning istiqbollarini kelishib oldilar.
Shuningdek uchrashuvlarda Farmon va Qaror talablarini shahar va tumanlardagi tadbirkorlik subyektlariga yetkazish, ularning soha boʻyicha qiziqtirayotgan savollariga javob berish va zarur meʼyoriy hujjatlar bilan taʼminlanishida har tomonlama koʻmak berilishi yuzasidan reja-dasturlar ishlab chiqildi.