Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida maʼnaviyat va maʼrifat Kengashining navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligini munosib nishonlash boʻyicha har bir masʼul va tizim-tashkilotlari rahbarlariga vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovida Agentlikning ishtiroki yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Agentlik va uning tizim tashkilotlarida davlat tilida ish yuritishni taʼminlash va lotin alifbosiga oʻtish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar sarhisob qilinib, erishilgan natijalar asosida “Qadring baland boʻlsin, ona tilim!” va “Davlat tilida ish yuritish yoʻlga qoʻyilgan eng yaxshi tizim” yoʻnalishi boʻyicha tanlovlarda Agentlikning ishtiroki yuzasidan qilinadigan ishlar aniqlandi.

Bundan tashqari, Agentlik va uning tizim tashkilotlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, “Davlat tili toʻgʻrisidagi”gi Qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar ham muhokama qilindi.